2024- yilning yanvar-iyun oylarida Tosgkent viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi – Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik sohasiga to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish darajasi 118,2 %ni tashkil etdi. Shuningdek, Axborot va aloqa sohasida 114,0 %, Sanoat sohasi 112,2 %, Tashish va saqlash sohasi 116,9 %, Savdo sohasi 112,9 %, Ta’lim sohasi 114,8 % hamda Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish 110,5 % o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin.