03/10/2024

2024- yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar 2 907 taga yetdi.

Shundan yashash bo‘yicha xizmatlar soni 334 tani va oziq-ovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar 2 573 tani tashkil qildi.

- mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va ko‘ngilochar parklar yashash bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosiy faoliyati hisoblanib, 2024- yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 11,5 % ulushini tashkil etdi; - restoran va buyurtma bo‘yicha oziq–ovqat va ovqat mahsulotlarini yetkazish, oziqovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasining 88,5 % ulushini tashkil etdi.