2024- yilning yanvar-avgust oylarida Toshkent viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 53,7 % ni to‘g‘ri keldi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2023- yilning yanvar-avgust oyiga nisbatan 108,6 % ni tashkil etgan holda 5775,9 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.