24/09/2024

2024- yil 1-sentabr holatiga koʻra, Toshkent viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 753 tani tashkil qildi. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxona va tashkilotlarning salmoqli qismi – 775 tasi tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatdiki:
- sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarning jamiga nisbati 94,7 foizni;
- yashash uchun joy bilan ta’minlangan holda parvarishlash yo‘nalishidagi korxonalar soni jamiga nisbati 2,9 foizni;
- yashash uchun joy bilan ta’minlanmagan holda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishidagi korxonalar soni ushbu sohaning 2,3 foizni tashkil etdi.