24/09/2024

2024- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 15724,2 mlrd. so‘mni yoki jami qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmining 91,3 %ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2023- yilning tegishli davriga nisbatan 102,9 %ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi Zangiota tumani (440,0 mlrd. so‘m), Bekobod tumani (375,0 mlrd. so‘m), Bo‘stonliq tumani (374,7 mlrd. so‘m), O‘rta Chirchiq tumani (367,0 mlrd. so‘m), Qibray tumani (358,3 mlrd. so‘m) hamda Chinoz (357,8 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi.