24/09/2024

2024- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida nikohdan o‘tganlar soni 7 593 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 76 taga ko‘paygan va 101,0 % ni tashkil qildi.

 Nikohdan o‘tganlarning eng yuqori ko‘rsatkichi  Yangiyo‘l  tumanida 491 ta, Parkent tumanida 481 ta, Olmaliq shahrida 168 tani, Zangiota tumanida 458 ta va Qibray tumanida 448 tani va eng kam ko‘rsatkich esa Nurafshon shahrida 165 ta va Ohangaron shahrida 83 tani tashkil etmoqda.

Nikoh tuzish koeffitsiyentining avvalgi yilga nisbatan eng ko‘p pasayishi Ohangaron shahri (1,4 promillega) va Parkent tumani (1,1 promillega) kuzatildi.