2024- yilning yanvar-avgust oylarida viloyat korxonalari tomonidan 82192,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 107,1 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 85,6 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 68675,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.