2023-yilning yanvar-iyul oylarida Toshkent viloyatida jami 7,6 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 20,3 % ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 56,2 % hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 23,5 % ni tashkil etdi.