24/08/2023

❇️2023- yilning yanvar-iyun oylarida 18 473,5 mlrd. so`m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ulardan korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 39,0 % yoki 7 213,4 mlrd. so`m moliyalashtirildi.

Jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2022- yildagi ulushiga nibatan 2,7 % punktga kamayib, 9,9 % ni yoki 1 835,3 mlrd. so`mni tashkil etdi.

Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 16 638,2 mlrd. so`m yoki jami investitsiyalarning 90,1 % investitsiyalari o‘zlashtirilib, 2022- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,7 % punktga ko‘paydi.