24/08/2023

2023- yil 1- avgust holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida axborot va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 584 tani tashkil qildi.

Kino-videofilmlar, televizion dasturlar, fonogrammalar va musiqali yozuvlarni ishlab chiqish yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni axborot va aloqa sohasining 4,1 foizini tashkil etdi.    

 Axborot xizmati ko‘rsatish hamda aloqa yo‘nalishlaridagi korxonalar soni axborot va aloqa sohasining 17,1 foizini tashkil etdi.                 

 Kompyuter dasturlashtirish va axborot xizmati ko‘rsatish yo‘nalishlarida esa korxonalar soni, axborot va aloqa sohasidagi korxona va tashkilotlarning 35,1 foizini tashkil etdi.