23/08/2023

Joriy yilning 23-avgust kuni Statistika agentligining xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Mirzaxidov Abdugafir,Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Urunov, “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi boshlig‘i M.Tastanbekov hamda Quyi Chirchiq va Oqqo‘rg‘on tumanlari statistika bo‘limi ma’sul xodimlari  tomonidan tumanlarda bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib registratorlarga kuzatuvni sifatli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.