23/08/2023

 2023-yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 7 661,0 mlrd so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 41,5 %ini tashkil etdi. O’sish sur’ati 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan119,1 %ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subektlarining eng yuqori asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalari hajmi Ohangaron tumani (1376,7 mlrd.so‘m), Quyi Chirchiq tumani (997,6 mlrd. so‘m), Zangiota tumani (792,9 mlrd. so‘m), Yuqori Chirchiq tumani (537,8 mlrd.so‘m), Angren shahri (499,6 mlrd. so‘m), Qibray tumani (498,0 mlrd.so‘m), Toshkent tumani (430,8 mlrd.so‘m), Bo‘stonliq tumani (305,0 mlrd.so‘m) hamda Yangiyo‘l (289,7 mlrd.so‘m) tumanlarida qayd etildi.