21/08/2023

2023- yil 1- avgust holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 498 tani tashkil qildi va jami viloyatdagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonaning  3,4 foiz ulushini tashkil etdi.

Quruqlikdagi va quvur transporti yo‘nalishida tashish va saqlash xizmatlari sohasida  faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning  74,2 foizni tashkil etdi.

Ombor xo‘jaligi va yordamchi transport yo‘nalishida tashish va saqlash xizmatlari faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning  23,4 foizni tashkil etdi.       

Pochta va kuryerlik  xizmatlari faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning  2,3 foizni tashkil etdi.