21/08/2023

Toshkent viloyati bo‘yicha 2023- yilning yanvar-iyun oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 12 139,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 7,3 %ga o‘sdi.

Shu jumladan, kichik biznes subyektlarining savdo tovar aylanmasi 10037,0 mlrd. so‘mni (106,9 %ga teng) tashkil etdi. Ushbu sektor jami viloyat ulgurji savdo tovar aylanmasida 82,7 % ulushni tashkil etdi. 

Ulgurji savdo tovar aylanmasida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlariga ega yirik hududlar Nurafshon shahri (2,0 m.) hamda Bo‘ka (117,1 %) va Qibray (117,0 %) tumanlarida kuzatildi