21/08/2023

Sizni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2023-yil 22-avgust kuni soat 12:00 da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Statistika agentligining xalqaro axborot almashinuvi va xalqaro reytinglarda erishilayotgan natijalari” mavzusida tashkil etiladigan matbuot anjumanida ishtirok etish uchun taklif etamiz.

Agar Sizda mazkur mavzu yuzasidan batafsil maʻlumotga ega boʻlish hamda Agentlik faoliyatiga doir oʻzingizni qiziqtirgan savollar boʻlsa, unda marhamat. Biz Siz bilan doimo muloqot qilishga tayyormiz.

Manzil: Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30-uy.