18/08/2023

2023 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra Toshkent viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 64 154 tani tashkil qilib, shundan 44 343 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 3 781 taga yetdi. 2018 yilning mos davri bilan solishtirganda 902 taga ko‘paygan.

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida: qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 372 ta,savdoda – 1 480 ta, sanoatda – 624 ta, qurilish- 243 ta, tashish va saqlash – 130 ta, yashash va ovqatlanish – 312 ta, axborot va aloqa – 100 ta, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 55 ta va boshqa turlarda – 465 ta korxonalar yangi tashkil etilgan.