16/08/2023

Joriy yilning 16-avgust  kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i U.Sattorov Bekobod tumanidagi “Istiqbol‘” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari hamda raqamsiz xonadonlar  va nom belgisi o‘rnatlmagan ko‘chalar bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi. Bundan tashqari, aholi o‘rtasida aholini ro‘yxatga olishning afzaliklari,  mazkur jarayonning maqsadi va vazifalari haqida  targ‘ibot va tashviqot ishlari ham olib borildi.