2023 yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizga ko‘chib kelganlar soni 13 133 kishini tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 510 kishiga kamaygan. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent tumaniga- 1 526 kishi, Zangiota tumaniga- 1 425 kishi, va Chirchiq shahriga- 1 187 kishi ko‘chib kelgan.
Shuningdek viloyatimizda ko‘chib ketganlar soni esa 13 424 tani tashkil qilib, o‘tgan yil bilan solishtirganda 5 248 kishiga kamaygan.