11/08/2023

Joriy yilning yanvar-iyun oylari mobaynida Toshkent viloyatida import hajmi 1826,0 mln. AQSh dollarni (2022- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 16,7 %) tashkil etdi.

Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari  (28,8 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (16,5 %), nooziq-ovqat xomashyosi (yoqilg‘idan tashqari) (16,2 %), sanoat tovarlari  (15,8 %) hamda kimyoviy vositalar va shu kabi mahsulotlar (9,6 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.