2023- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 56,8 %i to‘g‘ri kelди.
Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 105,9 %ni tashkil etgan holda 3744,2 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
Joriy hisobot davrida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan eng yuqori ulush ko‘rsatkichi Quyi Chirchiq tumani (423,8 mlrd. so‘m yoki umumiy hajmga nisbatan 6,4 %), Zangiota tumani (320,9 mlrd. so‘m yoki 4,9 %), Bo’ka tumani (315,7 mlrd. so‘m yoki 4,8 %)ga to‘g‘ri keldi.