02/08/2023

Joriy yilning 2-avgust kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasining majlislar zalida 2023-yil II chorak yakunlari boʻyicha boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yigʻilishi oʻtkazildi.

Unda Statistika agentligi direktori o`rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich, Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish boshqarmasi boshlig‘I Sheraliyev Nurbek Abduxalilovich, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarmaning tarmoq bo’limlari hamda hududiy statistika bo’lim boshliqlari va xodimlari qatnashdi.

Kun tartibiga binoan, Statistika agentligi direktori o`rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich Kengash yigʻilishini ochib berib, boshqarma va hududiy statistika bo’lim xodimlari zimmasiga qo'yilgan  vazifalar va tizimda 2023-yil II choragida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida toʻxtalib oʻtdi.

Kengash yigʻilishida, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni ijrosini taʻminlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Bugungi yig‘ilishda tizimda korrupsiyaga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborot berildi.

Yig‘ilish yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha  qarorlar qabul qilindi.