Joriy yilning 28- iyul kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy ongi va savodxonligini oshirishga qaratilgan navbatdagi huquqiy targ‘ibot seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va Qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 13.12.2019 yildagi PQ-4551-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning II bo‘lim (Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish) 8-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan O’zbekiston Respublikasining 03.07.2023 yilda qabul qilingan O’RQ-850-sonli "Raqobat to’g’risida" Qonun hujjati yuzasidan Toshkent viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti R.Gafforov tomonidan tushuntirishlar berildi.