2023-yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 56,8 %ga to‘g‘ri kelib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 1,3 % punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 105,9 %ni tashkil etgan holda 3744,2 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.