28/07/2023

Toshkent viloyatida 2023-yilning yanvar-iyun oylari mobaynida import hajmi 1 826,0 mln. AQSh dollarni tashkil etdi. 2022- yilning shu davriga nisbatan o‘zgarish sur’ati 16,7 %ni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari 28,8 %, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar 16,2 %, nooziq-ovqat xomashyosi (yoqilg‘idan tashqari) 16,2 %, sanoat tovarlari  15,8 % hamda kimyoviy vositalar va shu kabi mahsulotlar 9,6 % hisobiga to‘g‘ri keldi.