Toshkent viloyati bo‘yicha 2023- yilning yanvar-iyun oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 12 139,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 7,3 %ga o‘sdi.
Shu jumladan, kichik biznes subektlarining savdo tovar aylanmasi 10 037,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 106,9 %ga teng bo‘ldi Ushbu sektor jami viloyat ulgurji savdo tovar aylanmasida 82,7 % ulushni tashkil etdi. Ulgurji savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushga ega hududlar Qibray 24,3 %, Zangiota 20,3 % va Toshkent tumanlarida 15,6 % kuzatildi.