26/07/2023

2023-yil 26-iyul kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o‘rinbosari E.Urunov, “Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish” bo'limi boshlig‘i U.Sattorov hamda hududiy statistika bo‘limlari boshliqlari ishtirok etishdi.

Seminar jarayonida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash, hududlardagi raqamsiz uylarni raqamlashtirish, yangidan qurilgan hamda buzilgan uylar ma’lumotini qisqa muddat ichida shakllantirish, bu borada hokimliklar, tegishli idoralar bilan ishlarni tashkil etish to‘g‘risida tushuntirishlar va ko‘rsatmalar berildi. Aholini ro‘yxatdan o‘tkazishning mazmun- mohiyati, uning tarixi, mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishdagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar va tushintirishlar berildi.