20/07/2023

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida viloyat korxonalari tomonidan 48 724,3 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 103,2 %ni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 85,8 %ni hamda ishlab chiqarish hajmi 33025,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.