2023- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatiga 18 473,5 mlrd. so`m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ulardan korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 39,0 % yoki 7 213,4 mlrd. so`m moliyalashtirildi.
Jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2022- yildagi ulushiga nibatan 2,7 % punktga kamayib, 9,9 % ni yoki 1 835,3 mlrd. so`mni tashkil etdi.