Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar – iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 15 568,2 mlrd. so‘mni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,4 %ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 15 036,4 mlrd. so‘mni (103,9 %), o‘rmon xo‘jaligi – 432,5 mlrd. so‘mni (89,3 %), baliqchilik xo‘jaligi 99,3 mlrd. so‘mni (100,0 %) tashkil qildi.
Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Toshkent viloyatining ulushi 10,1 %ni tashkil etdi.