18/07/2023

2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 25,5 trln. soʻmni tashkil etib, asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan jami investitsiyalardagi ulushi 45,0 %ni tashkil etdi.

Shuningdek, mashina, asbob, uskuna va xoʻjalik inventarlarini sotib olishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi 26,2 trln. soʻmni (jami investitsiyalardagi ulushi 46,3 %) hamda boshqa xarajatlar 4,9 trln. soʻmni (8,7 %) tashkil etdi.