18/07/2023

2023-yilning yanvar–may oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 50 473,8 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

 Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlari 35 288,1 mlrd. soʻmni  yoki jamiga nisbatan ulushi 69,9 %ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari 9 269,9 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 18,4 %ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa 5 915,9 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 11,7 %ni tashkil etdi.