2023-yilning yanvar-may oylarida Toshkent viloyatida jami 4,6 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 15,9 %ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 63,9 % hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 20,2 %ni tashkil etdi.