✅ Joriy yilning 14- iyul kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Urunov, Yangiyo‘l shahar statistika bo‘limi boshlig‘i A.Raximqulov bilan birgalikda Yangiyo‘l shahri uyushgan savdo majmualari INI (iste’mol narxlari indeksi) nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarini planshet qurilmasiga aniq va xatoliklarsiz kiritilayotganligiga ishonch hosil qilish maqsadida kuzatuv jarayoni o‘rganildi.
O’rganish natijasida tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotning belgilangan xususiyatlariga mos kelayotganligi tekshirildi.