2023- yil 1- iyul holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarsoni 3016 tani tashkil qildi.
O‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 111,7 foizni tashkil etdi.
Ushbu xizmatlar sohasi tahlili shuni ko‘rsatdiki:
- mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va ko‘ngilochar parklar yashash bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosiy faoliyati hisoblanib, 2023- yil 1- iyul holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 10,2 foiz ulushini tashkil etdi;
- restoran va buyurtma bo‘yicha oziq–ovqat va ovqat mahsulotlarini yetkazish, oziqovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasining 89,8 foiz ulushini tashkil etdi.