Toshkent viloyati bo‘yicha 2023- yilning yanvar-may oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi9766,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 9,7 %ga o‘sdi. Shu jumladan, kichik biznes subektlarining savdo tovar aylanmasi 8052,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 107,6 %ga teng bo‘ldi.
Ushbu sektor jami viloyat ulgurji savdo tovar aylanmasida 82,5 % ulushni tashkil etdi. Ulgurji savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushga ega hududlar Qibray 22,2 %, Zangiota 21,6 % va Toshkent tumanlarida 15,1 % kuzatildi.




