10/07/2023

Toshkent viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023  yilning 1  iyun  holatiga ko‘ra viloyatimizda ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 63 664 tani tashkil qilib, shundan  44 611 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Viloyatimizda yangi tashkil etigan korxona va tashkilotlar soni 3 251 taga yetdi va 2022  yilning mos davriga nisbatan 101 taga ko‘paygan. Shundan sezilarli darajada ko‘paygan sohalar: savdoda –  536 ta, sanoatda – 1 252 ta va boshqa turlarda – 392  ta

Yangi tashkil etigan korxona va tashkilotlar soni 2018-yilning mos davri bilan solishtirilganda 829 taga ko‘paygan.