07/07/2023

Toshkent viloyati bo‘yicha 2023- yilning yanvar-may oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 829,0 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘zgarish sur’ati 110,2 %. Shujumladan, 1-bozor va 1-bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarining sotish hajmi 302,6 mlrd.so‘mni (o‘zgarish sur’ati 100,9 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 526,4 mlrd.so‘mni (o‘sish sur’ati 116,4%) tashkil etdi.