Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-may oylarida Toshkent viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 2 073,3 mlrd. so‘mga oshib, 11 836,1 mlrd. so‘mga yetdi. Taqqoslama ekvivalentda 2022--yilning yanvar-may oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 107,8 %ni tashkil etdi. Oʻtgan yili ushbu koʻrsatkich 113,7 %ga toʻgʻri kelgan.