Sizni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2023-yil 4-iyul kuni soat 12:00da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Statistika ishlari dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar hisoboti” mavzusida tashkil etiladigan matbuot anjumanida ishtirok etish uchun taklif etamiz.
Agar Sizda mazkur mavzu yuzasidan batafsil maʻlumotga ega boʻlish hamda Agentlik faoliyatiga doir oʻzingizni qiziqtirgan savollar boʻlsa, unda marhamat. Biz Siz bilan doimo muloqot qilishga tayyormiz.