Toshkent viloyati statistika bo‘shqarmasi jamoasi barcha vatandoshlarimizni muqaddas Islom dinining ezgu g‘oyalarini, xalqimizning urf-odat, an’analari va qadriyatlarini o‘zida yaqqol ifoda etadigan, qadimiy bayramimiz – Qurbon hayiti bilan muborakbod etadi.
O‘zaro mehr-oqibat, ezgulik va saxovat, millatlararo ahillik, bag‘rikenglik ramzi bo‘lgan mazkur ayyom Vatanimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari uchun, butun xalqimiz uchun eng aziz va qadrli bayramlardan biri hisoblanadi.
Ana shunday ezgu g‘oyalarga mujassam bo‘lgan Qurbon hayiti avvalo, yurtimizga tinchlik-omonlik, xonadonlarimizga baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!
Niyati pok, maqsadlari ulug‘ xalqimizning shu tabarruk kunlarda qilayotgan barcha ibodatlari, ezgu duolari ijobat bo‘lsin!
Muqaddas ayyom – Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!