27/06/2023

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha - "Mahallabay" va "Fuqarobay" tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni oʻrganish hamda ularning yechimini topish, avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Statistika agentligi ham faol ishtirok etmoqda.

Statistika agentligidan tuzilgan ishchi guruhi Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi aholi, ayniqsa, keksalar, boquvchisini yoʻqotganlar, nogironlar holidan xabar olish, ularning muammolariga birgalikda yechim topish maqsadida, shahar hokimligi va sektor rahbarlari, mahalla faollari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

Ishchi guruhi aʼzolari Bekobod shahridagi mahallalarda uyma-uy yurib fuqarolarni qiynayotgan muammolarga birgalikda yechim topish, ayniqsa, mahallalarda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da roʻyxatga olinganlarga alohida eʼtibor qaratish, ularning bandligi va salomatligini tiklashga koʻmaklashish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratishmoqda. Jumladan, ularga oziq-ovqat mahsulotlari va ayrim nogiron fuqarolarga aravachalar berildi.