Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 25,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,2 mlrd AQSH dollariga yoki 25,4 % ga oshgan.
5 oyda Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 10,5 mlrd AQSH dollari va import 15,3 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan.
Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-may oylarida jahonning 182 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.