19/06/2023

2023-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 9 819 ta bo‘lib, joriy yilning yanvar-may oyida ushbu sohada 1 335 ta korxonalar yangi tashkil etilgan.

Quyidagi hududlarda ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxonalar aks etgan:

Toshkent shahrida – 475 ta

Farg‘ona viloyatida – 163  ta

Qoraqalpog‘iston Resp. – 92 ta

Toshkent viloyatida – 89 ta

Samarqand viloyatida– 83 ta

Xorazm viloyatida – 72 ta