19/06/2023

Joriy yilning yanvar-aprel oylari natijalariga koʻra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 398,8 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 133,2 % ni tashkil etdi.

Ushbu yoʻnalishda koʻrsatilgan xizmatlar hajmining asosiy qismi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelib, jami hajmdagi ulushi 79,2 % yoki 315,7 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Hududlar kesimida huquqshunoslar va hisobchilar xizmatlari hajmi, mlrd. soʻm:

Oʻzbekiston Respublikasi – 398,8

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 3,9

Andijon – 3,4

Buxoro –5,5

Jizzax – 2,0

Qashqadaryo – 2,9

Navoiy – 4,4

Namangan – 5,7

Samarqand – 7,8

Surxondaryo – 1,3

Sirdaryo – 1,1

Toshkent – 12,9

Fargʻona – 27,5

Xorazm – 4,7

Toshkent shahri – 315,7