16/06/2023

Mamlakatimizda faoliyat yuritmayotgan korxona va tashkilotlar holati o‘rganilib, xususan ishlab chiqarish korxonalariga import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishda davlatimiz tomonidan moddiy va moliyaviy yordamlar berilmoqda.  Joriy yilning yanvar-aprel oylari mobaynida Toshkent viloyati import hajmi 1264,0 mln. AQSh dollarni (2022- yilning shu davriga nisbatan o‘zgarish sur’ati 117,4 %) tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari  (27,3 %), nooziq-ovqat xom-ashyosi (yoqilg‘idan tashqari) (18,9 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (18,6 %), sanoat tovarlari (13,1 %) hamda kimyoviy vositalar va shu kabi mahsulotlar (9,8%) hisobiga to‘g‘ri keldi.