Bank tizimining moliyaviy barqarorligini isloh qilish hamda mustahkamlash, pul-kredit siyosatini erkinlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlash mexanizmini takomillashtirish, istiqbolli investitsiya loyihalarini kreditlashni yanada kengaytirish, real vaqt rejimida xizmatlar ko‘lamini kengaytirish (Internetbanking, mobil banking) moliyaviy tashkilotlarning so‘nggi elektron to‘lov texnologiyalarini joriy etish tarmoqlari moliyaviy xizmatlarning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatdi.
Moliyaviy xizmatlarning hajmi 414,8 mlrd. so‘mga oshdi va 1 469,9 mlrd. so‘mga yetdi. Moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmida 15,8 %ni tashkil etdi. Jami moliyaviy xizmatlarning o‘sish sur’ati 125,3 %ni tashkil etdi.