16/06/2023

Toshkent viloyatida 2023- yilning yanvar-aprel oylarida kichik korxona  va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 60,7 %i to‘g‘ri kelib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 1,4 % punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022- yilning  yanvar–aprel oylariga nisbatan 106,8 %ni tashkil etgan holda 2360,3 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

MA’LUMOT UCHUN: joriy hisobot davrida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan eng yuqori ulush ko‘rsatkichi Zangiota tumani (260,9 mlrd. so‘m yoki umumiy hajmga nisbatan 11,1 %),  Nurafshon shahri (180,8 mlrd. so‘m yoki 7,7 %), Yuqori Chirchiq tumani (175,7 mlrd. so‘m yoki 7,4 %)ga to‘g‘ri keldi.