Select any text and click on the icon to listen!

15/06/2023

Toshkent viloyatida 2023- yil 1- may holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 117,9 foizni tashkil etdi. Ushbu xizmatlar sohasi tahlili shuni ko‘rsatdiki:     

- mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va ko‘ngilochar parklar yashash bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosiy faoliyati hisoblanib, 2023- yil  1- may holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 11,0 foiz ulushini tashkil etdi;     

- restoran va buyurtma bo‘yicha oziq–ovqat va ovqat mahsulotlarini yetkazish, oziq ovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasining 89,0 foiz ulushini tashkil etdi.

 

Select and listen