15/06/2023

  Hozirgi vaqtda Toshkent viloyatida dengiz hamda havo transportidan tashqari barcha zamonaviy transport turlari mavjud. Viloyatda davlat hududi bo‘ylab kesib o‘tadigan temir yo‘l tarmog‘i mavjud. Shu bilan birga, avtomobil yo‘llari tarmog‘i ham rivojlangan.   

     2023- yil yanvar-aprel oylarida transport xizmatlari hajmi 2 092,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi, ularning o‘sishi 2022- yil yanvar-aprel oylariga nisbatan 101,4 %ni tashkil etdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida ushbu turdagi xizmatlarning ulushi 22,6 %ni tashkil qilmoqda.