Qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan sohalardan hisoblanadi. Toshkent viloyatida ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni 3086 tani tashkil etdi. Qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni ushbu sohaning quyidagi yo‘nalishlari kesimida qaralganda, binolar va inshootlar qurilishi yo‘nalishi 52,1 foiz ulushni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 77,5 foizga toʻgʻri keldi. Fuqarolik ob’yektlarini qurish yo‘nalishi 11,9 foiz ulushni tashkil etib, o‘sish sur’ati 100,5 foizga yetdi. Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 35,9 foiz ulushni va 75,3 foizni tashkil etdi.